Shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga roziman.
Shu bilan, men o‘z xohishim va o‘z manfaatlarim yo‘lida, «PERFORM ENDUSTRIYEL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining (STIR 311950846, bundan buyon — Operator) performendustriyel.uz internet saytida o‘z shaxsiy ma’lumotlarimni joylashtirish (kiritish) chog‘ida, ko‘rsatgan shaxsiy ma’lumotlarimni Operator tomonidan menga xizmatlar, yangi xizmatlarni taklif etish, Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha so‘rovlar, anketa o‘tkazish, reklama va marketing tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida, shu jumladan ushbu saytda ko‘rsatgan aloqa vositalarim orqali men bilan bevosita bog‘lanish yo‘li bilan qayta ishlashga o‘z roziligimni tasdiqlayman.
Ushbu huquq (rozilik) yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur va maqbul bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarimga nisbatan har qanday harakatlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi, jumladan, cheklovlarsiz: yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, uzatish, shaxssizlantirish, bloklash va yo‘q qilish. Shaxsiy ma’lumotlar deganda ushbu saytda men tomonidan ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar tushuniladi.
Shu bilan tasdiqlaymanki, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish Operator tomonidan har qanday usulda, jumladan avtomatlashtirish vositalaridan (shu jumladan dasturiy ta’minotdan) foydalangan holda hamda avtomatlashtirish vositalarisiz (turli moddiy tashuvchilar, jumladan qog‘oz shaklida) amalga oshirilishi haqida xabardorman.